KFCKFC
Bosh sahifaMenyuStol bron qilishBiz haqimizda
KirishSavat

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 09.08.2026

Bu sahifa KFC saytida qanday ma'lumot olinishini va u nima uchun kerakligini tushuntiradi. Ma'lumotni KFC oladi va ishlatadi; sayt va ilova texnik jihatdan "Keel" platformasida ishlaydi.

1. Qanday ma'lumot olinadi

— Hisob: ism va telefon raqami. Raqam SMS kod bilan tasdiqlanadi. Telegram orqali kirilsa, raqamni siz o'zingiz yuborganingizda olinadi.

— Buyurtma: yetkazish manzili, xaritadagi nuqta, taomlarga yozgan izohlaringiz, to'lov turi va buyurtma tarkibi.

— Stol bandligi: bron uchun ism, telefon, mehmonlar soni va vaqt.

— Fikr: baho va izoh (siz yozsangiz).

— Tashrif: sayt nechta odam ochganini anonim sanaymiz (pastda batafsil).

2. Nima uchun kerak

Ism va telefon — buyurtmani yetkazish va zarur bo'lsa siz bilan bog'lanish uchun. Manzil va xaritadagi nuqta — kuryer yetib borishi va yetkazish narxini hisoblash uchun. Izohlar — oshxona uchun. Baho va fikr — xizmatni yaxshilash uchun.

Reklama uchun xabar yuborilishi mumkin, lekin siz istalgan payt rad etsangiz, boshqa yuborilmaydi. Buyurtma holati va kirish kodlari bunga kirmaydi — ular siz so'ragan xizmat.

3. Cookie va brauzerda saqlanadigan narsalar

— Tanlangan til, tanlangan brend va filial — cookie'da.

— Savat, hisobga kirish (sessiya), tema va sevimli taomlar — brauzeringizning o'z xotirasida (localStorage). Ularsiz savat keyingi sahifada bo'shaydi va login yopishmaydi.

— Stol raqami (QR skaner qilinganda) — faqat shu tashrif davomida.

Reklama va kuzatuv skriptlari yo'q: Google Analytics, Yandex Metrika, Facebook pixel va shunga o'xshash hech narsa ishlatilmaydi.

4. Tashriflar qanday sanaladi

Brauzeringiz o'zida tasodifiy belgi yaratadi. Serverga yuborilganda u sana bilan birga bir tomonlama shifrlanadi (hash), ya'ni ertaga o'sha brauzer boshqa yozuv bo'ladi — bu yozuvlar bilan odamni kunlar bo'ylab kuzatib bo'lmaydi.

Yozuvlar 100 kundan keyin avtomatik o'chadi. Restoranga faqat umumiy raqam ko'rinadi: nechta odam kirdi va nechta sahifa ochildi.

5. Kimga uzatiladi

Ma'lumot sotilmaydi. Faqat xizmatning o'zi uchun zarur bo'lganda uzatiladi:

— To'lov tizimlari (karta bilan to'lasangiz) — buyurtma raqami va summa; karta ma'lumotini biz ko'rmaymiz, uni bank sahifasi oladi.

— SMS xizmati — kod yoki xabar yuborish uchun raqam.

— Tashqi yetkazish xizmati chaqirilsa — manzil va telefon.

— Kassa (POS) tizimi ulangan bo'lsa — buyurtma tarkibi.

— Telegram bot ishlatilsa — Telegram orqali yuborilgan xabarlar.

6. Qancha saqlanadi

Buyurtmalar va bronlar hisobingiz mavjud bo'lgan davrda saqlanadi — sizga ham, restoranga ham tarix kerak. SMS kodlari 3 daqiqadan keyin o'chadi. Tashrif yozuvlari 100 kun.

7. Sizning huquqlaringiz

Ismingizni va manzillaringizni profilda o'zingiz tahrirlaysiz, telefon raqamini yangi raqamga kelgan kod bilan o'zgartirasiz. Reklama xabarlaridan voz kechish uchun restoranga aytish yetarli.

Ma'lumotingizni o'chirishni yoki nusxasini so'rash uchun restoranga murojaat qiling:

— +998 90 000 00 00 · Toshkent

8. Xavfsizlik

Parollar qaytarib bo'lmaydigan ko'rinishda (hash) saqlanadi, sayt HTTPS orqali ishlaydi, har restoranning ma'lumoti alohida bazada turadi va boshqa restoran unga yeta olmaydi.

KFC

KFC

Milliy va zamonaviy taomlar — har kuni yangi mahsulotlardan tayyorlanadi. Yetkazib berish shahar bo'ylab.

Aloqa

  • +998 90 000 00 00
  • Toshkent

Sahifalar

  • Menyu
  • Biz haqimizda
  • Ish o'rinlari
  • Savat
  • Mening buyurtmalarim
  • Maxfiylik siyosati
© 2026 KFC. Barcha huquqlar himoyalangan. · Powered byKeel